Elektron kitob
Dastlabki maxsus narxDastlabki maxsus narx 31-dekabrgacha amal qiladi. Keyin — 199 000 so‘m.
- PDF formatida 26 sahifa
- Bitta hikoyada 5 tagacha qahramon
- Matn va rasmlarni tahrirlash
- Sovg‘a sifatida yuborish mumkin
Bosh qahramon va ertakka qo‘shmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizning suratlarini yuklang. Suratlaringiz asosida qiyofasi tanish, o‘zingizga o‘xshaydigan ertak qahramonlarini yaratamiz.
Uch qadam. Kitobni faqat to‘lovdan so‘ng chizishni boshlaymiz.
Yosh, mavzu, asosiy g‘oya, illyustratsiya uslubi va kitob tili.
Bosh qahramonning surati, ismi va yoshi. Istasangiz, yana to‘rttagacha qahramonni, ularning qiziqishlari va sevimli taomlarini qo‘shing.
Taxminan 15 daqiqada 26 sahifali kitob tayyor bo‘ladi. Matn va rasmlarni muharrirda o‘zgartirishingiz mumkin.
Oddiy suratni yuklang va oila a’zolari qanday tasvirlanishini tanlang: ertakona uslubdami yoki portretga yaqin o‘xshashlik bilanmi.


Namuna: surat va illyustratsiyalar ko‘rsatish maqsadida yaratilgan.
Bog‘chadagi bayram, oila davrasida archa bezash, qo‘lda tayyorlangan sovg‘alar va eshik oldida Qorbobo — farzandingiz bosh qahramon bo‘lgan bayram ertagi.
Har bir ochilgan ikki sahifaning birida matn, ikkinchisida rasm bo‘ladi. Bosh qahramon rasmlarda o‘zini va yaqinlarini taniydi.




200 dan ortiq syujet: bayramlar va o‘zbek an’analari, o‘zbek va jahon ertaklari, Navoiydan Ulug‘bekkacha bo‘lgan merosimiz, hayvonlar, kasblar, his-tuyg‘ular, kichkintoylar uchun kitobchalar, quvnoq burjlar va 9 yoshdan kattalar uchun kinodagidek sarguzashtlar. Har bir hikoyaning bosh qahramoni — farzandingiz.
O‘yinchoqlar vaqt o‘tib unutilishi mumkin, tug‘ilgan kun sohibi bosh qahramon bo‘lgan kitob esa yillar davomida qayta-qayta o‘qiladi. Ota-onalar ham, mehmonlar ham bunday sovg‘adan xursand bo‘lishadi.
Avval elektron kitobni olasiz. Ma’qul kelsa, bosma nusxasiga buyurtma berasiz: elektron kitob uchun to‘lagan pulingiz bosma kitob narxidan chegiriladi.
Dastlabki maxsus narx 31-dekabrgacha amal qiladi. Keyin — 199 000 so‘m.
Qahramonlarni suratlaringiz asosida boshidan chizamiz — tayyor shablonga shunchaki yuzni joylashtirmaymiz.
Navro‘z, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti va Yangi yil — Qorbobo bilan yoki oila davrasida.
Kitobni oilangizda so‘zlashiladigan tilda — o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yarating.
Suratlaringizdan faqat kitoblaringizni yaratish uchun foydalanamiz, ularni ommaga e’lon qilmaymiz. Surat va kitoblaringizni istalgan payt shaxsiy kabinetingizdan o‘chirishingiz mumkin.
Bir kishi aniq ko‘rinadigan suratni tanlang. Iloji bo‘lsa, kishi boshdan oyoqqacha, kunduzgi yorug‘likda tushgan bo‘lsin. Suratda bir necha kishi bo‘lsa, keraklisini belgilashingiz mumkin.
To‘lovdan keyin taxminan 15 daqiqada. Kitob saytda ochiladi, havolasini esa elektron pochtangizga va Telegram orqali yuboramiz.
Ha. Kitob tayyor bo‘lgach, istalgan sahifadagi matnni o‘zingiz o‘zgartirishingiz va 5 tagacha illyustratsiyani bepul qayta chizdirishingiz mumkin. Sizning o‘rningizga qo‘lda tahrir qilib bermaymiz. Bosma kitobga buyurtma berganingizdan keyin yana 2 soat davomida tuzatish kiritishingiz mumkin. Shundan so‘ng kitob mavjud holicha bosmaxonaga yuboriladi.
Farzandingizdan tashqari yana to‘rttagacha qahramonni: ota-onasi, buvi-bobosi, aka-uka va opa-singillari, do‘stlari, uy hayvonlari yoki hatto sevimli o‘yinchog‘ini qo‘shishingiz mumkin.
Har bir kitob aynan siz uchun yaratiladi. Shu sababli elektron va bosma kitoblar uchun to‘langan pul qaytarilmaydi. Muharrirda matnni o‘zgartirish va 5 tagacha illyustratsiyani qayta chizdirish mumkin. Bosma kitobda bosmaxona nuqsoni aniqlansa, 14 kun ichida bizga xabar bering — kitobni bepul almashtirib beramiz.
Suratlaringizdan faqat kitoblaringizni yaratish uchun foydalanamiz, ularni ommaga e’lon qilmaymiz. Surat va kitoblaringizni istalgan payt shaxsiy kabinetingizdan o‘chirishingiz mumkin.
Anketaga atigi besh daqiqa ajrating — yillar davomida qayta-qayta o‘qiladigan kitob yarating.
Kitob yaratish